
Coca Cola O‘zbekiston kubogi. Guruh bosqichiga chiqqan ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Bugun Coca Cola O‘zbekiston kubogida saralashning ikkinchi bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi o‘z maydonida “Neftchi”ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, musobaqaning guruh bosqichiga yo‘l oldi.
Parallel ravishda kechgan “Dinamo” – “Oqtepa” qarama-qarshiligida esa mehmonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, “Sho‘rtan” va “Oqtepa” Coca Cola Superligasida ishtirok etuvchi 14 jamoaga qo‘shilib, musobaqaning guruh bosqichidan davom ettiradigan bo‘ldi.
Fikrlar