
Chirchiqda koresh bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi
Joriy yilning 10 oktyabr kuni Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zalida Koresh sport turi bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz, Koresh sport turi tatar milliy sport turi bo‘lib, Xalqaro koresh federatsiyasi (Mejdunarodnaya Federatsiya poyasnoy borby koresh) Rossiyaning Qozon shahrida joylashgan va O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu turnir ham o‘zaro hamkorlik doirasida tashkil etildi va mazkur musobaqada Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston sportchilari o‘rtasida 5 ta vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz o‘tgan bahslarda xalqaro koresh federatsiyasi boshqaruv raisi Ravil Nagumanov (Rossiya), Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, xalqaro qirg‘iz kurosh federatsiyasi prezidenti Ryskeldi Shamiev (Qirg‘iziston),
O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari Oxunjon Kutumovlar ishtirok etib, g‘olib sportchilarni diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlashdi.
Turnir doirasida Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov va Xalqaro Qirg‘iz kuroshi federatsiyasi prezidenti Riskeldi Shamiev o‘rtasida belbog‘li kurashni rivojlantirish borasida memorandum imzolandi.
Shuningdek, sport delegatsiyasi Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdirahimov qabulida bo‘lishdi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Bundan tashqari turnirga tashrif buyurgan rossiyalik xalqaro koresh federatsiyasi vakillari va sportchilari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida bo‘lishib, talablar bilan mahorat saboqlari namoyish etishdi hamda mehmonlar universitet muzeyidagi eksponatlar bilan ham tanishishdi.
Fikrlar