Chempionlar ligasida nechta italiyalik murabbiy g‘olib chiqqanini bilasizmi?

  • 7 may, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining joriy mavsumida Simone Indzagi murabbiyligidagi “Inter” yarim finalda “Barselona” to‘sig‘idan o‘tib, finalga chiqdi.

Tecno

Agar milanliklar musobaqa finalida ham zafar quchsa, Indzagi  qit’aning eng nufuzli musobaqasida jamoasini chempionga aylantirgan italiyalik sakkizinchi murabbiyga aylanadi.

Statistika mutaxassislar Evropaning eng nufuzli musobaqasida g‘olib chiqqan barcha italiyalik murabbiylar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, bu musobaqa Evropa Chempionlari kubogi deb nomlangan davrlarda italiyaliklar birinchi bo‘lib Nereo Rokko ikki bor jamoasini xalqaro maydonda chempion qilgan. Bu murabbiy qo‘l ostida “Milan” 1963 va 1969 yillari bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

Keyin Jovanni Trapattoni “Yuventus” bilan 1985 yili, Arigo Sakki “Milan” boshqaruvida 1989 va 1990 yillari qit’aning eng nufuzli sovriniga ega chiqqan.

O‘tgan asrda italiyalik murabbiylar yana ikki bor o‘zini ko‘rsatdi. 1994 yili Fabio Kapello bosharuvidagi “Milan”, ikki yildan keyin Marchello Lippi qo‘l ostidagi “Yuventus” chempion bo‘ldi.

Yangi asrda italiyalik murabbiylardan Roberto Dimetteo Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Biroq bu mutaxassis o‘z yurti jamoasini emas, balki Angliyaning “Chelsi” klubini chempionga aylantirdi.

Chempionlar ligasida g‘olib chiqish bo‘yicha nafaqat Italiyada, balki jahon futbolida Karlo Anchelottiga etadigani yo‘q. Bu mutaxassis 2003 va 2007 yillarda “Milan” va 2014, 2022, 2024 yillarda “Real” bosh murabbiyi sifatida Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra ko‘targan.

Endi “Inter” bu galgi musobaqada g‘olib chiqsa, Simone Indzagi yuqorida nomi keltirilgan mashhur murabbiylar qatoriga qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!