
"Chelsi" Vernerning transferi masalasida "RB Leyptsig"ga murojaat qildi
Londonning "Chelsi" klubi "RB Leyptsig" forvardi Timo Vernerni sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” allaqachon 23 yoshli germaniyalik futbolchining transfer narxini bilish borasida nemis klubi bilan aloqaga chiqqan.
Aytish kerakki "Chelsi" hujum chizig‘ini yanvardayoq kuchaytirmoqchi va Verner ularning short-listidagi futbolchilar qatoriga kiradi.
Ma’lumot uchun, Verner joriy mavsum “RB Leyptsig” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 75 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar