
“Chelsi” uchta superfutbolchini nishonga oldi
“Chelsi” yozgi transferlar davrida ayrim rejalarini amalga oshira olmadi. Xususan, “aristokratlar” nishonga olgan Xavi Simons kutilmaganda “Tottenxem”ga o‘tib ketdi.
London klubi o‘tgan mavsum Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqqanidan keyin rahbariyati murabbiylar shtabini yangi transferlar bilan qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.
Endi “Chelsi” qolib ketgan ishlarni qishki transferlar oynasi davomida ettirmoqchi. Badavlat klub yanvarda birinchi bo‘lib “Aston Villa” hujumkor futbolchisi Morgan Rojersni olishga urinib ko‘radi.
Agar bu transferni amalga oshirish imkoni bo‘lmasa, “Chelsi” zaxira variantlarini ishga soladi. Caught Offside saytining ma’lum qilishicha, ayni paytda klub mutasaddilari “Yuventus”dan Kenan Yildiz va “Lion”dan Malik Fofananing transfer imkoniyatlarini ham o‘rganib chiqmoqda.
Fikrlar