
“Chelsi” kutilmagan transfer tayyorlayapti
“Chelsi” mutasaddilari yana bir kutilmagan transferga qo‘l urmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, londonliklar markaziy himoyachi Tomas Arauxoni olib kelmoqchi.
Klub xo‘jayinlarining himoya chizig‘idan ko‘ngli to‘layotgani yo‘q. Shu bois, ular yozda yana bir transferga pul ajratishga qaror qilgan.
Arauxo baquvvat markaziy himoyachi. 22 yoshli futbolchi ayni paytda Portugaliya chempionatida “Benfika” sharafini himoya qilmoqda.
Odatda, ko‘pchilik “aristokratlar”ning qimmatbaho o‘yinchilarni olishiga ko‘nikib qolgan. Biroq bu gal klub mutasaddilari 7 million evroga baholanayotgan Tomas Arauxo ham jamoani kuchaytira olishiga ishonch bildirmoqda.
Portugaliyalik himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etishi shartnomada qayd etilgan.
Fikrlar