“Chelsi”: Bu murabbiy jazolanmaydi!

  • 10 sentabr, 2022, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubining yangi xo‘jayini Todd Byoli o‘ziga to‘liq bo‘ysunishni istamagan Tomas Tuxelni bo‘shatib, o‘rniga Grem Potterni jamoaga bosh murabbiy qilib tayinladi.

Tecno

Klub rahbariyati bu mutaxassisga etarlicha imkon berishga qaror qildi. Endi “aristokratlar” joriy mavsum oxirida kuchli to‘rtlikdan chetda qolib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgan taqdirda ham Grem Potter xotirjam o‘z ishini davom ettiraveradi.

Klub xo‘jayinlari Grem Potterga “Chelsi”ni yangi o‘yin uslubiga o‘tkazishni asosiy vazifa qilib belgilagan va dastlabki mavsumda natijaga e’tibor qaratilmaydi.

So‘nggi o‘n yilda “Chelsi” atigi ikki marta – 2016 va 2018 yillarda kuchli to‘rtlikka kira olmagan. O‘shanda jamoani boshqargan Joze Mourino va Antoni Konte kabi mashhur murabbiylarga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!