
BUUMMM! "Nasaf" Ruben Xebayni o‘z safiga qo‘shib oldi
Qarshining "Nasaf" jamoasi Rubin Hebay transferini e’lon qildi.
"O‘zbek futbol muxlislariga begona bo‘lmagan albaniyalik hujumchi Rubin Hebay endi bizning jamoada to‘p suradi!
Faoliyati davomida Albaniya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Tunis jamoalarida, 2023-yilda Andijonning “Andijon” jamoasida to‘p surgan hujumchi yangi mavsumni jamoamiz tarkibida boshlaydi. Futbolchi jamoamiz bilan bir yillik kelishuvga erishdi.
“Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Rubin!", - deyiladi xabarda.
Bu haqda biz avvalroq saytimiz orqali xabar bergan edik.
Fikrlar