
Busketsni eng ko‘p ranjitgan yulduz kim?
10 may kuni dunyo bo‘ylab minglab nashrlar "Barselona" etakchisi haqida yozishdi. "Oltin era"ning so‘nggi vakili — Serxio Buskets ham klubni tark etmoqda...
Uning keyingi manzili qaer bo‘lishi hozircha noaniq. Ammo sizga Serxioning faoliyati haqida aniq faktlarni keltira olamiz.
Buskets "Barsa"dagi debyutini 2008 yilning sentyabr oyida (20 yoshida) "Rasing"ga qarshi o‘yinda nishonlagan edi.
Uning terma jamoadagi debyuti 1 yildan keyin Visente del Boske qo‘l ostida (Turkiyaga qarshi) ro‘y bergan.
"Barselona" bilan 8 marta La Liga, 3 marta Evropa Chempionlar ligasini yutgan yarim himoyachi bugunga qadar klub libosini 700dan oshiq o‘yinda kiydi.
Buskets Andreas Inesta va Leo Messi ketganidan keyin "Barselona" sardoriga aylangan edi.
Ayni paytdagi transfer bahosi 5 mln evroga teng. 2018 yilning avvalida esa Transfermarkt portali qahramonimizni 80 mln evroga baholagan edi.
Faoliyati davomida eng ko‘p Karim Benzema bilan to‘qnash kelgan (45 marta). Busketsni o‘zaro o‘yinlarda eng ko‘p mag‘lub qilgan futbolchi ham aynan frantsiyalik hujumchi hisoblanadi (16 marta).
Fikrlar