
"Bunyodkor"ning asosiy jamoasi mashg‘ulotlarga qachon qaytadi?
Superligada yuzaga kelgan bir oylik tanaffus sababli, “Bunyodkor” jamoasining asosiy tarkibi ta’tilga chiqdi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarga deyarli 10 kunlik ta’til berdi. Xabaringiz bor, Superliganing 9-tur uchrashuvidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” bellashuvi 18 may kuni bo‘lib o‘tgandi. Mashg‘ulotlar esa endi roppa-rosa bir haftadan keyin, ya’ni 28 may kuni boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” klubi 9-turdan keyin musobaqa jadvalida 12 ochko jamg‘arib, 5-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar