
Buni ko‘rishingiz shart. Shahram G‘iyosov 30 soniyada raqibini nokautga uchratdi (video)
Avval xabar berganimizdek bugun hamyurtimiz Shahram G‘iyosov o‘zining profi boksdagi to‘qqizinchi jangini o‘tkazdi. Bu safar unga kolumbiyalik Darley Peres (34-4-2, 22KO) raqiblik qildi.
E’tiborlisi, 10 raundga mo‘ljallangan jang juda tez fursatlarda yakun topdi. Aniqrog‘i, G‘iyosov tajribali raqibini jangning 30-soniyasidayoq nokautga uchratdi va chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Quyida ushbu jangni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar