
Bunaqasi ketmaydi: Amorim 10 nafardan ziyod futbolchini haydaydigan bo‘ldi!
“Manchester Yunayted” rahbariyati yangi bosh murabbiy Ruben Amorimga jamoa tarkibini qayta tashkil etish uchun ruxsat berdi.
Klub mutasaddilari jamoadagi o‘yinchilari orasida talabga javob bermaydiganlarini oldindagi ikki transfer oynasi vaqtida sotib yuborish bo‘yicha bir qarorga kelgan.
Bu vazifa bajarilishiga Ruben Amorim boshchilik qiladi.
Portugaliyalik mutaxassis darrov o‘zi suyanadigan o‘yinchilar ro‘yxatini ma’lum qildi. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, Ruben Amorim Amad Diallo, Kobbi Maynu, Nussair Mazraui, Mattays de Ligt, Leni Yoro, Andre Onana va yaga ikki-uch futbolchining jamlada qolishini kafolatlagan.
Bundan tashqari, Amorim hamyurti Brunu Fernandesh jamoaga etakchilik qilishda davom etishi istayapti.
Birinchi jamoadagi qolgan futbolchilar, xususan, klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshford ham sotib yuboriladi.
Fikrlar