Bugundan Italiyada 34-tur boshlanadi. "Jenoa"ni safarda qiyin o‘yin kutmoqda

  • 1 may, 2021, 16:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1-3 may kunlari Italiya chempionatida 34-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Tur uchrashuvlarining ikkinchi kunida "Jenoa" safarda harakat qiladi.

Tecno

Davide Ballardini shogirdlari 2 may sanasida "Latsio" sinovidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu bellashuvda genuyaliklarga oson bo‘lmaydi. Sababi rimliklar evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

Eldor Shomurodov jamoasi esa ayni paytda o‘rtamiyona jamoalarga yaqin pog‘onada bo‘lsa ham, havfli hududdan unchalik uzoq emas. "Jenoa"ning 18-o‘rindagi "Benevento" bilan o‘rasidagi farq 5 ochkoni tashkil qiladi.

Shu boisdan mazkur uchrashuv Shomurodov jamoasi uchun qimmatli. Mag‘lubiyat yoki durang ularning zarariga ishlaydi. G‘alaba kamida hozirgi o‘rnini mustahkamlashi uchun yordam beradi.

Quyida A Seriya 34-tur o‘yinlari bilan tanishing (uchrashuvlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):

1 may

18:00. Verona - Spetsiya

21:00. Krotone - Inter

23:45. Milan - Benevento

2 may

15:30. Latsio - Jenoa

18:00. Bolonya - Fiorentina

18:00.Napoli - Kalyari

18:00. Sassuolo - Atalanta

21:00. Udineze - Yuventus

23:45. Sampdoriya - Roma

3 may

23:45. Torino - Parma

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!