
Bugun OKMK, "Nasaf" va "Navbahor" OChL guruh bosqichidagi ishtirokini boshlaydi
Bugun uchta klubimiz Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi yurishini boshlaydi.
Olmaliqning OKMK jamoasi safarda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da start olishi rejalashtirilgan.
Iordaniyaning "Al Faysali" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubini mehmon qiladi. Bu bellashuv ham 21:00da start oladi.
Yana bir bahs "Qirol Fahd" stadionida o‘tkaziladi. Unda "Al-Hilol" va "Navbahor" jamoalari kuch sinashadi. Ushbu o‘yin 23:00da boshlanadi.
Fikrlar