
Bugun "Jenoa"ga g‘alaba kerak
Bugun Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi milliy chempionat doirasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi. Ushbu bahsda genuyaliklarga "Benevento" klubi raqiblik qiladi.
Ushbu bahsda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, "griffonlar" xavfli zonaga juda yaqinlashib qoladi va hatto bevosita raqiblar ham ularni quvib o‘tadi. G‘alaba orqali esa, 12-o‘rindagi "Udineze"ga yaqinlashib olishi mumkin bo‘ladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.
Fikrlar