
Bugun "Jenoa" va Shomurodovni Rimda jiddiy sinov kutib turibdi
Bugun Italiya A Seriyasining 34-turi davom ettiriladi. Kun dasturidagi o‘yinlar qatoridan Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" ishtirokidagi o‘yin ham o‘rin olgan. Genuyaliklar ushbu tur doirasida Rimda "Latsio" mehmoni bo‘ladi.
Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan va "Jenoa"ning golida Eldor katta ishni amalga oshirgandi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30 da start oladi.
Fikrlar