Bugun "Jenoa" "Milan" maydoniga safar qiladi

  • 18 aprel, 2021, 06:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya A Seriyasi 31-turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ulardan birida o‘zbek futbol muxlislari o‘yinlarini qiziqish bilan kuzatayotgan "Jenoa" klubi "Milan" maydoniga safar qiladi.

Tecno

Kecha mazkur bahs uchun genuyaliklar qaydnomasi e’lon qilingandi. Undan Eldor Shomurodov ham o‘rin olganini ko‘rish mumkin. Endi faqat bitta savol ochiq qolmoqda: Ballardini legionerimizni asosiy tarkibda maydonga tushiradimi?

"Jenoa"ning "Milan"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi (foto)

Ushbu savolga 15:30 da start oladigan bahs oldidan javob topishimiz mumkin. Jamoalarning so‘nggi to‘qnashuvida tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekkandi. O‘shanda "grifonlar" safida Destro dubl qayd etgan, gollaridan birini Shomurodovning faol harakatlaridan keyin qulay imkoniyat hosil qilgan holda kiritgandi.

Mazkur uchrashuv oldidan "rossonerilar" turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Jenoa" 13-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!