
Bu onlarni besh yil kutdi
Frantsiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan PSJ va “Reyms” o‘rtasidagi uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisobni ochgan Marko Verratti o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi. Taniqli futbolchi besh yil deganda bitta gol urdi. Italiyalik yarim himoyachi oxirgi golini 2017 yilning 1 mayida “Bastiya” darvozasiga kiritgan va jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.
Marko Verratti 2012 yildan beri arij klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U Italiyaning “Peskara” jamoasidan transfer qilingan.
Tajribali o‘yinchi parijliklar uchun 363 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urgan va 58 ta assistni amalga oshirgan.
Fikrlar