
Bu futbolchi Zidandan zo‘r!
Senegal terma jamoasining sobiq futbolchisi Rikardo Fati “Barselona”dan PSJga ko‘chib o‘tgan frantsiyalik hujumkor futbolchi Usmon Dembelening imkoniyatlarini juda yuqori baholamoqda.
- Usmon – Frantsiya futbolining eng buyuk iste’dodli o‘yinchisi. Men asosiy urg‘uni uning talantiga qaratmoqchimas, futbol tarixida erishgan yutuqlari va sovrinlariga emas.
Menga Zinedin Zidan yoki Frank Riberini misol qilishingiz mumkin, lekin o‘zim Dembeleni eng zo‘ri, deb bilaman.
U menga Ronaldino va Ronaldo o‘yinlarini kuzatib olgan hissiyotlarimni eslatib yuboradi. Bular maydonda ulardan nimani kutishni bilmaydigan o‘yinchilar toifasiga kiradi. Ular to‘p bilan aqlbovar qilmas narsalarni bajara oladi, - dedi Rikardo Fati.
Fikrlar