Bu futbolchi Aguero o‘rnini egallaydi

  • 28 aprel, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozda jamoani tark etadigan Serxio Aguero o‘rniga “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovichni olib kelmoqchi. “Shaharliklar” odatda iste’dodli yosh forvardlarni jalb qilib, ularni uzoq yillar o‘ynatish usulini qo‘llashni ma’qul ko‘radi.

Tecno

21 yoshli serbiyalik futbolchi aynan shu tanlovga mos keladi. Vlaxovich A Seriyada sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. U 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 marotaba aniq nishonga oldi.

Agar Xosep Gvardiola jamoasi mutasaddilari Vlaxovichni qo‘lga kirita olmasa, ro‘yxatda Erling Xoland, Romelu Lukaku, Harri Keyn, Denni Ingz, Lautaro Martines ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Aguero manchesterliklar tarkibida 181 ta gol urgan rekordchi hisoblanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!