
Bruno Fernandesh: Pogbaga ishonamiz
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh muxlislar e’tiroziga sabab bo‘layotgan jamoadoshi Pol Pogbani qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlarni ta’kidlab o‘tdi.
"Insonlar futbolchilarning qilgan yaxshi ishlarini tezda esdan chiqarishadi va faqat uning qilgan xatolari haqida gapirishadi. Butun mavsum davomida 34 o‘yinni yaxshi o‘tkazib, bittasida o‘yining chiqmasligi mumkin. Ayni shu esda qoladi.
O‘z navbatida MYu Pogba uchun katta miqdorda mablag‘ sarflagan, shuning uchun muxlislarning talabini to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi. Ammo Pol o‘z saviyasiga qayta oladi, butun jamoa unga ishonadi", - deydi Fernandesh.
Fikrlar