
"Borussiya" Dortmund top-5 chempionatlari jamoalari orasida birinchi bo‘ldi
Xabaringiz bor bugun Bundesliganing 23-turida “Borussiya” Dortmund safarda “Verder”ni 2:0 hisobida taslim qildi.
Dastlab, 52-daqiqada Jeydon Sanchoning uzatmasidan so‘ng himoyachi Dan-Aksel Zagadu hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada Erling Xoland bremenliklar darvozasiga 2-golni urdi. Uning goliga esa Ashraf Xakimi assistnentlik qildi.
E’tiborlisi, bu Sanchoning Bundesligadagi 14-assisti bo‘ldi. Xakimida esa assistlar soni 10 taga etdi. Shu tariqa “Borussiya” Dortmund 2 ta futbolchisi 10 tadan ko‘p assistlik qilgan Evropa top-5 chempionatlardagi yagona jamoaga aylandi.
Fikrlar