"Borussiya" Dortmund Frantsiyadan futbolchi ko‘zlab qo‘ydi

  • 9 aprel, 2020, 16:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Bordo" klubi himoyachisi Loik Bessil faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli frantsuzni "Borussiya" Dortmund klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Nemis grandi uni o‘zining yoshlar jamoasiga taklif qilmoqchi.

Aytish kerakki, tomonlar karantingacha faol muzokaralar olib borishayotgan edi. Biroq, dortmundliklar hozir ham unga qiziqishni susaytirishgani yo‘q.

Shu o‘rinda Bessil haligacha “Bordo”ning asosiy jamoasida debyut qilmaganini aytib o‘tish lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!