
Bokudagi musobaqada bokschilarimiz 3 ta oltin medal olishdi
Biroz avval Ozarbayjon poytaxtida “Buyuk ipak yo‘li” nomli boks bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘ardi.
Bugun finalda jang qilgan bokschilarimizdan Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Madiyar Saydrahimov (-91 kg) va Obidjon Toxirov (+91 kg) raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘lishdi. Finalda ishtirok etgan vakillarimiz:
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Shalkar Ayxanbay (Qozog‘iston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Muhammed Xamud (Marokash)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Maulen Oskaenbek (Qozog‘iston)
-91 kg: Madiyar Saydrahimov – Rohil Mamadli (Ozarbayjon)
+91 kg: Obidjon Toxirov – Danila Semyonov (Qozog‘iston)
Terma jamoamiz vakillarining qayd etgan natijasi:
Iqboljon Xoldorov (-69 kg) – oltin
Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin
Obid Toxirov (+91 kg) – oltin
Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush
Shukurjon Rahimov (-60 kg) – kumush
Jasurbek Latipov (-49 kg) – bronza
Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) – bronza
Xurshid Abdullaev (-81 kg) – bronza
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan yarim final bahslaridan keyin Jasurbek Latipov (-49 kg), Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) va Xurshid Abdullaev (-81 kg) bronza medali egasiga aylanishgandi. Delegatsiyamiz ertaga tunda poytaxtimizga qaytib kelshadi.
Fikrlar