Boku turnirini ikkinchi o‘rinda yakunladik

  • 1 aprel, 2019, 19:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Biroz avval Ozarbayjon poytaxtida boks bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li” nomli xalqaro musobaqa o‘z yakuniga etdi. 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan joriy turnirda O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘ardi. Terma jamoamiz bunday natija bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu borada mezbon jamoa vakillari peshqadamlikni berishmadi. Kuchli uchlikni esa qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari ban etdilar. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan vakillarimizni eslatib o‘tamiz:

Tecno

Iqboljon Xoldorov (-69 kg) – oltin
Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin
Obid Toxirov (+91 kg) – oltin
Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush
Shukurjon Rahimov (-60 kg) – kumush
Jasurbek Latipov (-49 kg) – bronza
Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) – bronza
Xurshid Abdullaev (-81 kg) – bronza

Delegatsiyamiz ertaga tunda poytaxtimizga qaytib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!