Boks. Navbahor Hamidova litsenzion musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi

  • 24 may, 2024, 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, bugun Tailandda ayollar o‘rtasida boks bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi jahon litsenzion turniri start oldi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, bokschi qizlarimiz musobaqani muvaffaqiyatli boshlashdi. Jumladan, -66 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Navbahor Hamidova ilk jangini bolgariyalik Yoana Nvameruga qarshi o‘tkazib, 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Endi Hamidova ikkinchi davra jangini 29 may kuni germaniyalik Leoni Myullerga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!