
Boks. Ertaga 2 nafar bokschimiz litsenzion turnirda ringga ko‘tariladi
Ertaga Tailandning Bangkok shahrida davom etayotgan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi 2-Jahon kvalifikatsion turnirining navbatdagi kun bahslari o‘tkaziladi. Kun doirasidan 2 nafar vakilimizning bahslari o‘rin olgan.
O‘z jangini o‘tkazadigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Rashida Tagirova - Agnes Aleksiusson (Shvetsiya) 16:30 dan so‘ng
-66 kg: Navbahor Hamidova - Leonie Muller (Germaniya) 11:00 dan so‘ng
Eslatib o‘tamiz bahslar Toshkent vaqti bilan soat 11:00 dan so‘ng start oladi.
Ma’lumot uchun, -66 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Navbahor Hamidova ilk jangini bolgariyalik Yoana Nvameruga qarshi o‘tkazib, 5:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozongan.
Fikrlar