Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yosh qizlarimiz 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

  • 30 avgust, 2021, 22:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Dubayda tashkil qilingan  yoshlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatining qizlar o‘rtasidagi final janglarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik 5 nafar vakilamiz o‘z janglarini o‘tkazib bo‘ldi. 

Tecno

Quvonarlisi, barcha qizlarimiz raqibalarini mag‘lub etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdilar.  - 48 kg vaznda Farzona Fozilova hindistonlik Nvedita Karkini, - 50 kgda Sabina Boboqulova ham hindistonlik Tamanani, -52 kgda Feruza Kazakova yana bir hindistonlik Simran Vermani va -57 kgda Nigina O‘ktamova ham Hindiston vakilasini mag‘lub etishni uddaladi va chempionga aylandilar. Shuningdek, -70 kgda Aziza Zokirova qozog‘istonlik Gauxar Shaybekovani katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratib terma jamoamizga yana bir oltin medalni taqdim etdi. 

Shu tariqa yoshlarimiz umumjamoa hisobida 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallariga ega chiqishdi. 

Mazkur muvaffaqiyat bilan bokschilarimiz hamda ularning murabbiylarini muborakbod etamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!