
Bobur Davlatov "Nefteximik"ka qachon qaytishi ma’lum
Rossiya MFLda to‘p surayotgan hamyurtlarimiz – Bobur Davlatov bilan Vagiz Galiulin yangi yil bayrami sababli yurtimizga qaytgan.
Lekin Galiulin Andijonda bir haftacha oila a’zolari davrasida bo‘lgach, yana Rossiyaga qaytgan. Davlatov esa 7 yanvarda jo‘nab ketadi, bu haqida u sports.uz saytiga aytib o‘tdi.
Ayni chog‘da ular to‘p surayotgan “Nefteximik” klubi turnir jadvalida 40 ochko bilan 8-o‘rinda boryapti. Uning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning may oyigacha mo‘ljallangan.
Yaqinda xabar berganimizdek, “Nefteximik” bosh murabbiyi Yuriy Utkulbaev iste’foga chiqarilgan va hozirda uning o‘rnini qaysi mutaxassis egallashi aniq emas.
Fikrlar