Bobur Davlatov "Nefteximik" safida gol kiritdi (video)

  • 24 yanvar, 2021, 23:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumning ikkinchi yarmiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Nefteximik" jamoasi bugun ushbu yig‘in doirasida o‘zining ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Nijnekamskliklarga Serbiyaning "Proleter" klubi raqiblik qildi.

Tecno

Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda serblar 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Nefteximik" safida hamyurtlarimiz Vagiz Galiulin va Bobur Davlatov ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va Davlatov penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi, ammo bu gol uning jamoasiga kamlik qildi.

"Nefteximik" 28 yanvar kuni Serbiyaning "Vojvodas" jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

Nazorat o‘yini

"Nefteximik" (Rossiya) — "Proleter" (Serbiya) 1:5.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!