Bizga “Roma” murabbiyi kerak

  • 9 iyun, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati vakili “Lill” tez orada portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonsekani bosh murabbiy qilib tayinlashni rejalashtirmoqda.

Tecno

Bu mutaxassis o‘tgan yili yozda “Roma”ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi. Fonseka Evropa klublaridan birini boshqarish istagida yurgandi. “Lill” taklifi unga ma’qul keldi.

Fonsekaga anchadan beri Shimoliy va Janubiy Amerika klublari og‘iz solayotgan edi. Lekin tajribali murabbiy ummonortiga ketishni istamadi.

Fonseka murabbiylik faoliyati davomida “Portu”, “Braga”, “Pasush” va Donetskning “Shaxtyor” klublarini ham boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!