Bivolning navbatdagi ehtimoliy raqibi ma’lum!

  • 14 noyabr, 2023, 10:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Pound-for-pound etakchilaridan biri va WBA yo‘nalishi bo‘yicha yarim og‘ir vazndagi amaldagi jahon chempioni (79,4 kg) Dmitriy Bivol (21-0, 11 KO) 23 dekabr kuni Saudiya Arabistonida ringga qaytishga hozirlik ko‘rmoqda, deya xabar beradi sharhlovchi Den Rafael. Uning raqibi amerikalik Richard Rivera (25-1, 19 KO) bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Richard 32 yoshda, 2017 yildan buyon professional ringda ishtirok etib keladi va faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni ko‘p karra jahon chempioni Badu Jekdan qabul qilib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Bivol o‘zining 2022 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida supero‘rta vazn toifasida (76,2 kg) sobiq jahon chempioni meksikalik Gilberto Ramiresni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!