Bivol navbatdagi jangini qachon o‘tkazadi?

  • 29 sentabr, 2023, 09:45
  • Sinov3 Sinov3
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha birinchi yarim og‘ir vazn toifasi (79.38) WBA kamari sohibi Dmitriy Bivolning qachon ringga qaytishi haqida xabarlar tarqaldi.

Tecno

Bivolning murabbiylar shtabi ma’lum qilishicha, shu yilning dekbr oyida rossiyalik bokschi o‘z titulini himoya qilishi mumkin.

"Keyingi jang dekabr oyida AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Raqiblik uchun bir nechta variantlar ko‘rib chiqilmoqda", - deydi Dmitriyning murabbiylar shtabi vakili TASS'ga bergan intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, Bivol (21-0, 11 KO) so‘nggi jangini 2022 yilning noyabr oyida o‘tkazgan va o‘shanda Xilberto Ramires (44-1)ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!