Ikkita vaziyatda gol urolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 25 oktabr, 2024, 19:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Ivan Yurich hamyurtimiz Eldor Shomurodovga Evropa ligasi umumiy bosqichi doirasida “Dinamo Kiev”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘proq vaqt berdi.

Tecno

29 yoshli legionerimiz 53-daqiqada uchrashuv qahramonlaridan biri Artyom Dovbik o‘rniga tushib, deyarli bir bo‘lim to‘p tepdi. Shomurodov ikki marotaba hisobni o‘zgartirish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lgandi.

Biroq hujumchimiz birinchi marta murakkab vaziyatda bergan zarbasi darvoza ustini yonidan o‘tib ketdi. O‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Paulo Dibala bir pas bilan Shomurodovni raqb posboni bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Eldor o‘ta qulay vaziyatda deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilolmadi.

“Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan manbalardan biri – siamolaroma.it portali ekspertlari rimlik futbolchilar o‘yinini quyidagicha baholadi.

Mile SVILAR 6:

Umuman olganda, uning darvozasi oldida ko‘p ham xavfli vaziyatlar bo‘lmadi. Lekin uchrashuv oxirida to‘pga chiqishda yo‘l qo‘ygan xatosi jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi.

Mario ERMOSO 6,5:

Ispaniyalik futbolchi nihoyat yuqori darajada o‘ynadi. Topqirligi va jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, raqib futbolchisi Gerreroga o‘yin bermadi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda umuman xatosiz o‘ynadi.

Evan NDIKA 6,5:

Ivuarlik futbolchi odatiga ko‘ra, o‘z pozitsiyasida juda ishonchli o‘ynadi va sekin-asta “Roma” etakchisiga aylanib bormoqda.

ANJELINЬO 6:

Bu futbolchidan raqib jarima maydonchasi ichiga o‘tkir paslar uzatishi kutilgandi. Lekin jiddiy hujumlar tashkil qila olgani yo‘q.

Zeki ChELIK 6:

Qanotdan 3-4 marotaba hujum uyushtirishga harakat qilib, “Inter” bilan o‘yindagi xatosini yuvishga urindi.

Manu KONE 6:

Maydon markazida muvozanatni ushlab turishga harakat qildi. Biroq har doim ham buni o‘xshata olmadi.

Entso LE FE 6:

Uchrashuv boshida pleymeykerlikni yaxshi uddaladi. Keyinchalik xatolar ko‘payib ketdi. Taktik intellekti yuqori bo‘lsa-da, jismoniy holatini yaxshilash ustida ishlashi kerak.

Nikola ZALEVSKI 6:

“Inter” bilan o‘yindagi katta xatosi ta’siridan chiqqani yo‘q. Birinchi bo‘limda bo‘shroq harakat qildi. O‘yinning ikkinchi yarmida faollik ko‘rsata oldi. Jarima maydonchasiga ikki marta qulay to‘p uzatdi.

Tommazo BALDANЬTsI 7:

Juda qat’iyati o‘yinchi sifatida xarakter ko‘rsatdi. Uning bu xususiyati jamoadoshlaridan ko‘piga etishmayati. To‘pni jamoaga olib berishda jonbozlik ko‘rsatdi. Penalti ishladi.

Nikollo PIZILLI 6,5:

Raqib darvozasiga yo‘l topishga harakat qildi. Ancha faol o‘ynadi. Harakat maydonini kengaytirib bordi.

Artyom DOVBIK 6,5:

Keyingi paytda “Roma”da faqat Dovbik gol uryapti. Bu gal ham uning penaltidan kiritgan to‘pi jamoaga uch ochko keltirdi.

Paulo DIBALA 6,5:

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan bo‘lsa-da, tez kirishib ketdi va bir necha marta hujum uyushtirishga harakat qildi. Ayniqsa, Eldor Shomurodovni bir harakat bilan qulay pozitsiyaga chiqargan pasi ajoyib chiqdi.

Lorentso Pellegrini 6,5:

Dibala singari zaxiradan maydonga tushganidan keyin o‘z ishini juda yaxshi uddaladi. Hujum tashkil qilish barobarida himoyada ham faol harakat qildi.

Eldor ShOMURODOV 5,5:

Artyom Dovbik o‘rniga maydonga tushgan o‘zbek legioneri jamoasining hujum chizig‘ini jonlantira oldi. Ikki marotaba gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Hisobni oshirish uchun bir necha vaziyat yarata oldi. Biroq bu imkoniyatlardan foydalanishni uddalay olmadi.

Brayan KRISTANTE 6:

Yarim soat o‘z darajasida o‘ynadi, keyin esa jamoaga deyarli foydasi tekkani yo‘q.

Ivan YuRICh 6:

Tanlagan tarkibi uchun muxlislar tomonidan hushtakbozlikka duch keldi. Jamoa tarkibi yangilangan bo‘lsa-da, o‘yin borasida o‘sish ko‘zga tashlanmadi. Shogirdlari bir amallab Evropa ligasidagi birinchi g‘alabani ushlab qoldi.

Husanov bu klubga haqiqiy syurpriz bo‘ldi!

Husanovni yanvarda olib ketishmoqchi. Legionerimiz faoliyatini qaerda davom ettiradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
25/10/2024 11:56
Элдор Узбекистога кайтадиган пайт келибди
&
Азизжон
25/10/2024 07:38
Ана шанс лекин уролмайди хаяжонланганидан нима килганми УЗИ билмайди Элдор биз Сенга мухлис душман эмас лекин хатоларинг хакида гапирмасак хам булмайди санга берилган кичкина шансдан фойдаланишинг керак ука
&
Азизжон
25/10/2024 07:34
Бир метрдан гол урол майди бу Элдор б