Beyl yana "Real"ga qaytmoqchi?!

  • 23 mart, 2021, 23:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Tottenxem" safida ijarada o‘tkazayotgan "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl yana “Qirollik klubi”ga qaytmoqchi.

Tecno

“Men futbol o‘ynashni xohlaganim uchun "Tottenxem"ga o‘tdim. Bu asosiy sabab. Evropa chempionati oldidan ritmni his qilishim kerak edi. Mavsumni "Tottenxem"da o‘tkazishni rejalashtirmoqdaman, “Evro-2020”dan keyin "Real"ga qaytib, yana bir yil u erda o‘ynayman. Men qaytib kelmoqchiman. Bu mening rejam”, - dedi 31 yoshli uelslik futbolchi.

Beyl joriy mavsum “Tottenxem” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!