
Benzema Yaxshiboev gol urgan uchrashuvni tilga oldi
“Real” hujumchisi Karim Benzema jurnalistlarga bergan intervyusida UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida “Sherif”ga boy berilgan uchrashuv haqida to‘xtaldi.
Ma’lumki, “Sherif”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda hisobni Jasur Yaxshiboev ochgan edi.
- Biz tezroq o‘sha uchrashuvni unutishimiz kerak. U o‘yin ortda qoldi. Avval aytganimdek, mavsum endi boshlandi. “Sherif”ning g‘alabasini tan olishimiz kerak, ular yaxshi o‘ynadi. Raqib o‘yin davomida darvoza tomon atigi ikkita aniq zarba bilan bir juft gol urdi.
Biz o‘sha bellashuvdan o‘ttizdan ortiq xavfli vaziyatlar yarata oldik. Lekin bu holat futbolda hech bir raqibni engil qabul qilmaslik kerakligini ko‘rsatdi. Qolaversa, “Real” har bir uchrashuvni favorit sifatida boshlaydi, - dedi Karim Benzema.
Fikrlar