
Bellingemning maoshi ko‘tariladi
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemning maoshi oshirilishi mumkin. Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda o‘zini jamoaning asosiy figuralaridan biri sifatida ko‘rsata oldi.
"Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" Bellingemga yaxshilangan maoshli shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Agar rejalar amalga oshsa, 21 yoshli futbolchi eng ko‘p maosh oluvchi jamoadoshlari - Vinisius Junior va Kilian Mbappe bilan bir xil darajada maosh olishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Jud joriy mavsum La Ligada 14 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar