Bellingem Ronaldin’oni, Rodrigo esa Beylni ortda qoldirdi

  • 23 yanvar, 16:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha Evropa Chempionlar ligasi 7-tur doirasida "Real Madrid" o‘z uyida "Zaltsburg"ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur bahsda dubl muallifiga aylangan Rodrigo hamda dubl assitni amalga oshirgan Bellingem bir qancha statistikalarda o‘z o‘rnini yaxshilab oldi.

"Qirollik klubi" safida harakat qilgan Garet Beyl EChLda o‘z hisobiga 20 ta gol yozdirib qo‘ygan. Rodrigo kecha kiritgani gollar evaziga uelslik futbolchini ortda qoldirdi. Rodrigoning qit’a musobaqasida kiritgan  gollar soni 21 tani tashkil qiladi. "Barelona" sobiq a’zosi Ronaldin’o ushbu turnirda jami 11 ta golga hammualliflik qilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha  undan Bellingem o‘zib ketishni uddaladi. Judning hisobida hozircha 12 ta golli uzatma mavjud.

Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" tarixida mazkur musobaqada eng ko‘p gol kiritgan futbolchi Ronaldu (105 gol) hisoblansa, assistlar bo‘yicha esa Benzema (29) tengsiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!