Belgiyalik posbon "Aston Villa"ni emas, MYuni tanlagan

  • 3 sentabr, 12:55
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, belgiyalik darvozabon Senne Lammens "Antverpen"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tdi.

"Mail Sport" nashrining xabar berishicha, yozgi transferlar oynasida Lammensni "Aston Villa" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan va belgiyalik klub bilan darvozabonni 21 million evroga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq, keyinchalik Lammens Unai Emeri jamoasiga o‘tishdan voz kechib, "Manchester Yunayted"ni tanladi.

Darvozabon "qizil iblislar" bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnomani imzoladi. Futbolchining Angliya grandi safidagi debyuti 14 sentyabr kuni bo‘lishi mumkin. O‘sha kuni Ruben Amorim jamoasi APL 4-turi doirasida "Manchester Siti" maydonida o‘yin o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!