Bektemir Meliqo‘ziev jangi oldidan vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi (video)

  • 28 yanvar, 2023, 08:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziev o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 29 yanvar tongida, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan "You Tube Theatre" arenasida, Golden Boy kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan mazkur oqshomda o‘tkazadi. Mazkur oqshomda Meliqo‘zievga amerikalik Ulises Sierra (17-2-2, 10KO) raqiblik qiladi. Jang super o‘rta vaznda vakant bo‘lib turgan WBO Global mintaqaviy kamari uchun bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Bokschilar ushbu bahs oldidan vazn o‘lchash va Face to Face marosida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Meliqo‘ziev 76 kg natija qayt etgan bo‘lsa Sierra 75,9 kg tosh bosdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!