
"Bavariya"ning yana bir futbolchisi jamoani tark etish arafasida
"Bavariya" himoyachisi Sasha Boe yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi Myunxen klubidagi o‘yin amaliyotidan norozi va shu sababli yozda ketish ehtimoli bor. Hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Boening vaziyatini sobiq klubi "Galatasaray" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Frantsiyalik futbolchi 2021 yildan 2024 yilgacha ushbu klub sharafini himoya qilgan edi.
Joriy mavsumda Boe Bundesligada 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar