"Bavariya" Keynning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi!

  • 22 oktabr, 14:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi joriy mavsumda ajoyib o‘yin namoyish etayotgan hujumchi Xarri Keyn bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda. 32 yoshli forvardning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Tecno

Jurnalist Tobi Altshefflning ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar rahbariyati 2026 yil fevral oyida Keyn bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda — aynan o‘shanda futbolchining shartnomasidagi ozod qilish bandi kuchini yo‘qotadi.

"Bavariya"da jamoa etakchisi muvaffaqiyatga jismoniy kuch emas, balki o‘yinni yaxshi tushunishi va texnik mahorati orqali erishmoqda, deb hisoblanadi. Shu bois, klub rahbarlari Keyn yana bir necha yil davomida yuqori darajada o‘ynay olishiga ishonishmoqda.

Joriy mavsumda angliyalik hujumchi 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!