
"Bavariya" Pereshichni sotib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi ayni vaqtda ijara asosida nemis klubi tarkibida to‘p surayotgan Ivan Perishichni transfer huquqini to‘laqonli sotib olmoqchi.
FcInterNews nashri xabariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchining jarohatiga qaramasdan klub uning xaridi uchun 20 million evro ajratishga tayyor.
Ta’kidllanishicha, futbolchining o‘zi ham Bundesliga grandi safida qolishga qarshi emas.
Joriy mavsumda Perishich "Bavariya" libosida Bundesliga bahslarida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar