"Bavariya" imkoniyatdan foydalanmadi

  • 15 may, 2020, 10:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi “Inter”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Ivan Perishichni sotib olish huquqidan foydalanmoqchi emas.

Tecno

Italiyalik jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga qaraganda, nemis grandi 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun 20 mln evro sarflashni xohlamadi.

Qayd etish lozimki, “Bavariya” Perishichni 15 mayga qadar 20 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega edi, ammo ular bundan foydalanmadi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, myunxenliklar shu yo‘l bilan Perishichning narxini tushirishmoqchi va uni arzonroqqa sotib olishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!