
“Bavariya” Harri Keyn yoniga Angliyaning mashhur yulduzini olib keladi
Angliya chempionatidan 100 million evroga transfer qilingan Harri Keyn bugungi kunda “Bavariya”ning asosiy quroliga aylanib qoldi.
Endi myunxenliklar Angliya Premer-ligasidan yana bir mashhur o‘yinchini olib kelmoqchi. “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Markus Reshford muhitni o‘zgartirish uchun boshqa klubga ko‘chib o‘tish istagini bildirgan.
Hujumchi manchesterliklar rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘ragani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
TEAMtalk nashrga ko‘ra, “Bavariya” 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti. So‘nggi xabarlarga qaraganda, Markusga PSJ va “Marsel” klublar ham ish berishga tayyor.
Fikrlar