
"Bavariya" - gol mashinasi
Bu mavsum UEFA Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha “Bavariya”ga teng keladigan jamoa topilmayapti.
Myunxenliklar musobaqaning so‘nggi 8 ta uchrashuvida raqiblari darvozasiga jami 31 ta gol urdi va o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Ta’kidlash kerakki, ushbu seriya “Bavariya”ning sobiq ustozi Niko Kovach davridayoq boshlangan. Hozir esa jamoani Xans-Diter Flik boshqarib kelmoqda.
«Bavariya» - «Tsrvena Zvezda» 3:0
«Tottenxem» - «Bavariya» 2:7
«Olimpiakos» - «Bavariya» 2:3
«Bavariya» - «Olimpiakos» 2:0
«Tsrvena Zvezda» - «Bavariya» 0:6
«Bavariya» - «Tottenxem» 3:1
«Chelsi» - «Bavariya» 0:3
«Bavariya» - «Chelsi» 4:1
Fikrlar