
Bastoni: "Yamalni qanday to‘xtatishni bilmayman"
"Inter" va Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Bastoni "Barselona"ning yosh yulduzi Lamin Yamalga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Qanday to‘xtatishni bilmayman. Oxirgi marta Ispaniya termasiga qarshi o‘ynaganimizda (Evro turnirida) unchalik yaxshi chiqmadik.
"Barselona"ning o‘z uslubi, aniq futbol shaxsiyati bor. Biz ularga qarshi jamoaviy ravishda himoyalanishimiz kerak" – deya ta’rif berib o‘tdi "nerazzurilar" fulbeki "La Gazzetta dello Sport"ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" Chempionlar kigasi yarim finalida "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur klublar o‘rtasidagi bellashuvlar 30 va 6 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar