"Barselona"ning sobiq himoyachisi "Betis"ga o‘tdi

  • 17 iyul, 19:16
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chap qanot himoyachisi Junior Firpo "Betis" jamoasiga o‘tdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.

28 yoshli Firpo Dominikan Respublikasi fuqarosi bo‘lib, o‘z vatani milliy terma jamoasida o‘ynaydi. U "Betis"ga o‘tishidan oldin to‘rt yil davomida "Lids" safida to‘p tepgan.

Undan avval Firpo "Barselona"da o‘ynagan edi. "Barselona" uni 2019 yilda aynan "Betis"dan 20 million evroga sotib olgan edi.

"Betis" o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida oltinchi o‘rinni egallab, 60 ochko to‘pladi va Evropa Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!