“Barselona” Xavi o‘rniga bosh murabbiy topdi

  • 15 dekabr, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jirona” bosh murabbiyi Anxel Michel “Barselona” ustozi Xavi Ernandes o‘rnini egallaydi, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Fransua Gallardo.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Jirona”ni Ispaniya chempionatining etakchilari qatoriga qo‘shgan Michelning agentlari Kataloniya klubi mutasaddilari bilan oktyabr oyidan beri uch marotaba uchrashgan.

Agar murabbiy faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermasa, kataloniyaliklar keyingi mavsum oldidan jamoani Michelga topshiradigan bo‘lyapti.

Agar “Barselona” o‘yinida mavsum oxirigacha pasayish kuzatilib, Xavi Ernandes iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, asosiy tarkibni yoshlar jamoasida ishlayotgan Rafa Markes vaqtincha boshqarib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!