
"Barselona" ustozi jamoa uchun kechki ovqat tashkil qildi
"Barselona" yangi bosh murabbiyi Kike Seten futbolchilar va jamoa xodimlari uchun kechki ovqat tashkil qildi. Bu haqida TV3 xabar bermoqda.
Jamoa murabbiylar shtabi Barselonadagi mashhur restoranda jamoa bilan birga kechki ovqat tanovvul qilish uchun juma kungi mashg‘ulotlarni bekor qildi.
Ushbu uchrashuv "ko‘k-anor rangliklar"ning yangi ustozi Kike Seten tashabbusi bilan uyushtirilmoqda. U bunday yig‘ilishlar futbolchi va murabbiy munosabatlari shakllanishida muhim ro‘l o‘ynaydi deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon "Barselona"da bunday jamoaviy yig‘ilishlar o‘tkazilmagan edi.
Fikrlar